Biz zamonaviy tibbiyot, astronomiya va texnika sohasidagi yutuqlarni diqqat bilan kuzatamiz va dunyoni yaxşi tomonga özgartirişi mumkin bölgan kaşfiyotlarni kutamiz. Biroq hamma kaşfiyotlar ham oğir kasalliklarni tuzatiş uçun mö'jizaviy dori vositalarini yaratiş yoki texnik yangiliklar qilişga majbur emas. “Populyarnaya mexanika" naşrida sönggi yillarda qilingan eng ğaroyib kaşfiyotlar röyxati havola etildi.
Qizil pakular - piraniyalarning eng yaqin qarindoşlari, biroq ulardan farqli ölaroq, göşt iste'mol qilmaydi. Janubiy Amerika pakusini yaqinda Miçiganning şimoliy qismida (AQŞ) ovlaşga muvaffaq bölişgan.

Tinç okeanining suv osti dunyosini örganayotgan Nautilus kemasi olimlari juda noyob kalmar turlaridan bölgan Rossia pacifica’ga duç kelişgan. Yumşoq öyinçoqni eslatuvçi bu mitti mollyusk 1300 metr çuqurlikda yaşaydi va odatda dengiz tubidan yuqoriga kötarilmaydi.

Avstraliyaning mudroq agamlari miya tölqinlarini örgangan nemis olimlari ularda tezkor uyqu fazasini aniqlaşdi. Ilgari bu faza faqatgina quşlar va sut emizuvçilarga xos bölgan, deb hisoblanardi, endi esa bu jarayon kaltakesaklarda ham kuzatilgan.

Suv qanday paydo bölgan? Eng maşhur nazariya – uni muz asteroidlari olib kelgani, lekin yaqin-yaqingaça buning isboti bölmagan. Nihoyat, Antarktidada meteorit topişdi, unda esa – qisman suvdan iborat opallar. Toşlarni örganiş unda oğir izotoplar mavjudligini körsatdi, bu esa uning Yerdan taşqarida paydo bölganligiga işora qiladi. Asteroid haqiqatdan ham qaçonlardir Yerga suv olib tuşgan. U tuşgunga qadar Yerda suv bölgan yo bölmaganligi noma'lum.

Olimlar kelib çiqişi tuşunarsiz bölgan çuvalçangsimon mavjudotlar Symsagittifera roscoffensis’ni kuzatişga muvaffaq bölişgandi. Yaqinda esa yana bir hodisaning guvohi bölişdi: “çuvalçanglar” ulkan spiral körinişidagi guruhlarga ajralib, suv ösimliklari hududini kengaytirib, yanada samarali jonli quyoş panellarini hosil qilişar ekan.

Dunyoda mislsiz iforlar bordek tuyuladi, biroq amerikalik olimlarning ma'lum qilişiça, ularning har biri asosiy 10 hidning birikmasi hisoblanadi. Röyxat esa quyidagiça: xuşböy, yoğoç/rezina, mevalar (sitruslardan taşqari), ötkir/yonuvçi, kimyoviy, yalpizli, şirin, bodroqli, behuzur va limonli. Şunisi qiziqki, bodroq hidi juda köp taomlarga xos ekan.

Eng samarali antibiotiklardan biri kutilmaganda inson burnidan aniqlangan. Aynan şu a'zoda bizni boşqa infeksiyalardan himoyalovçi Staphylococcus lugdunensis bakteriyasi yaşar ekan. Unda işlab çiqiladigan antibiotik “lugdunin” nomini oldi va labaratoriya sinovlarida ajoyib natijalar körsatdi.

Odamlar va boşqa primatlar uyqu vaqtida tabassumni eslatuvçi yuz muşaklari harakatlarini namoyiş etişadi. Manbaga köra, aynan şu omil kulguning paydo bölişiga sabab bölgan. Kioto olimlari tomonidan örganilgan yapon makakalari uyqu vaqtida xuddi odamlardek yuz ifodalarini namoyon etgan.









