Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qirol sher” animatori o‘ldirilgan sher Sesilning rasmini yaratdi
“Qirol sher” multfilmining yaratuvchilaridan biri – animator Aaron Bleyz Zimbabveda o‘ldirilgan sher Sesilning rasmini chizdi. U YouTube saytida rasmning yaratilishi aks etgan videoni e'lon qildi.
Bleyz Sesilni osmonlarda tasvirladi, illyustratsiyaning pastki qismida esa unga qarab turgan ikkita urg‘ochi sherni tasvirladi. Rassom asarni multfilmdan olingan iqtibos bilan boyitdi: “Yulduzlarga qara. O‘tmishning buyuk qirollari ulardan bizga qarab turibdi”. Bu iqtibos filmning bosh qahramoni – Simbaning otasi Mufassaga tegishli.
Guardian nashrining yozilishicha, Bleyz bu bilan Afrikada yovvoyi jonivorlarning o‘ldirilishiga jahon hamjamiyatining e'tiborini qaratmoqchi bo‘lgan.
“Men jonivorlarni juda yaxshi ko‘raman, ularning o‘ldirilishi haqidagi yangiliklarni eshitganda aqldan ozay deyman. O‘ylaymanki, birlashsak, kelajakda bu narsalarni bartaraf qilishimiz mumkin bo‘ladi. Men ozgina ish qildim, lekin bu odamlarni o‘ylashga chorlaydi deb ishonaman”, – dedi u nashrga bergan intervyusida.
Zimbabvedagi eng taniqli sher – 13 yoshli Sesil 30 iyul kuni Nvangdagi milliy bog‘da arbaletdan otib o‘ldirilgan edi. Noqonuniy safari tufayli tish doktori Uolter Palmer tashkilotchilarga 54 ming dollar to‘ladi. Zimbabve hukumati jonivor qotiliga yordam bergan mahalliy ovchini jinoiy javobgarlikka tortdi, Palmerni esa AQShda sud qilishga taklif bildirdi.
Sesil mamlakatning eng mashhur jonivori edi. U butun dunyoda shuhrat qozongan edi.
Bleyz 21 yildan buyon Disney studiyasida ishlaydi. U “Alovuddin”, “Mulan”, “Sohibjamol va mahluq”, “Pokaxontas” multfilmlarining yaratilishida ishtirok etgan. 2003 yili u “Ayiq og‘ayni” kartinasi uchun Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘rtayer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alaniya shahridan fotoreportaj
Turizm | 18:30
-
Son Hyong Min 10 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem» bilan xayrlashdi
Sport | 18:12
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi
Jahon | 18:09
-
«Pr premier-avto» MChJ rahbariga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:05