Xabar qilinişiça, Hindiston boş vaziri Narendra Modi Varanasi şahrida taşkillaştirilgan mitingda çiqiş qilgan.  

Modi mamlakat mudofaa salohiyati kuçayganini aytar ekan, “Sindur operatsiyasi” vaqtida butun dunyo hind qurolining kuçini, havo hujumidan mudofaa tizimining samaradorligini va dronlarning muvaffaqiyatiga guvoh bölganini ta’kidladi. 

Uning sözlariga köra, BrahMos raketasi “Hindiston duşmanlariga qörquv soladi”.  

“Agar Pokiston yana xato qadam taşlaydigan bölsa, BrahMos raketalari terrorçilarni yöq qiladi”, degan Modi.  

BrahMos raketasi yerdan, dengizdan va havodan uçirilişi mumkin va uning parvoz masofasi 400 kilometrgaça yetadi.  

22 aprel kuni Jammu va Kaşmir ştatining Paxalgam rayonida terrorçilik harakati oqibatida 26 kişi halok bölgandi. 6 may kuni Hindiston bunga javoban Pokiston hududiga raketa zarbalari berdi va tomonlar örtasida qurolli töqnaşuvlar boşlandi. 10 may kuni ikki mamlakat AQŞ vositaçiligida sulh tuzilganini e’lon qildi.