«Tottenhem» hujumçisi va sardori Son Hyong Min köpçilik uçun kutilmaganda klubni tark etdi. Janubiy koreyalik 33 yoşli futbolçi bu haqda Seulda «Nyukasl»ga qarşi örtoqlik öyinidan oldin ötkazilgan matbuot anjumanida e’lon qildi.
Futbolçi bu haqda gapirarkan, köz yoşlarini tiya olmadi.
Endi u katta ehtimol bilan faoliyatini AQŞda davom ettiradi.
Ketişi sababi
Son ketişini e’lon qilarkan, faoliyatida özgarişlar qiliş davri kelganini aytib ötdi. «Tottenhem»dagi 10 yilda u Angliya premer-ligasining haqiqiy yulduzlaridan biri hamda London klubi afsonasiga aylandi.
«Men Şimoliy Londonga yoş bolaligimda kelganman, 23 yoşda edim - juda yoş edim. Endi bu klubdan katta yoşli, mağrur erkak sifatida ketyapman», – deya Sonning sözlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

«Tottenhem» boş murabbiyi Tomas Frank futbolçi klubni eng töğri pallada, yuqori notada tark etayotganini ta’kidlagan.
«Agar bu Sonnining jamoamizdagi sönggi öyini bölsa, u holda faoliyatining bu bosqiçini öz vatanida yakunlaş qanday gözal böladi! Bu ajoyib yakun bölişi mumkin», – deya ta’kidladi Frank.
U 3 avgust kuni «Nyukasl»ga qarşi öyinni ilk daqiqalardan boşladi va ikkinçi bölimda ikki jamoa futbolçilari tomonidan kuzatib qöyildi.

Futbolçi zaxira örindiğida ötirganida ham yiğlab oldi.

Yutuqlari
Koreyalik futbolçining ketişi – klub uçun katta yöqotiş. Son «şporlar» safida 10 yil davomida 454 ta öyinda maydonga tuşib, 173 ta gol urgan. U APLda klubning eng yaxşi töpurarlari röyxatida Harri Keyndan (213 gol) keyingi ikkinçi örinni egallab turibdi va klub tarixdagi eng yaxşi 5 töpurar qatoriga kiradi.
Uning faoliyatidagi eng muhim lahza – 2024/2025 yillar mavsumida Yevropa Ligasida ğolib bölgani. Şuningdek, u 2021/2022 yilgi mavsumda «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh bilan bir xilda natija körsatib, turnirning eng yaxşi töpurari bölgan.
Şuningdek, Son Hyong Min Koreya milliy jamoasida ham yetakçi futbolçi – u asosiy jamoa safida 134 ta öyinda maydonga tuşib, 51 ta gol urgan. Xalqaro miqyosdagi eng muhim yutuq – 2018 yilgi Osiyo öyinlarining oltin medali. Son milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida hali e’lon qilmagan.
U muqaddam Germaniyaning «Hamburg» va «Bayyer» klublarida ham töp surgan.
Yangi çaqiriqlar va maqsadlar
Şanba kuni nufuzli insayder Fabritsio Romano Son «Los-Anjyeles» safiga yöl olişi mumkinligini xabar qildi. Bundan taşqari, uning xizmatlariga Saudya Arabistoni klublaridan ham qiziqiş bor.
Transfermarkt böyiça Son Hyong Minning transfer narxi 20 million yevroni taşkil etadi. Uning «Tottenhem» bilan şartnomasi muddati bir yildan keyin tugardi.












