Uşbu avtosalon arzonga maşina olib berişni va’da qilib, qisqa muddat içida 150 dan ortiq odamni çuv tuşirgan va 2,5 mlrd sömdan ortiq mablağni özlaştirgan. 1 avgust kuni JIB Çilonzor tuman sudida avtosalonning 3 nafar vakiliga hukm öqildi. Kun.uz muxbiri sud yiğilişidan reportaj tayyorladi.
«Pr premier-avto» 2022 yilda avtomobillar va yengil motorli transport vositalarining ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi firma sifatida davlat röyxatidan ötgan. Şunga qaramay, avtosalon oğir yuk avtomobillari savdosi bilan ham şuğullangani aytilmoqda.
Avtosalon odamlarga 1,5 oydan 3 oygaça bölgan muddatda maşina çiqarib berişni va’da qilgan. Mijozlarni işontiriş uçun «Özavtosanoat» bilan şartnomasi borligini aytgan. Arzonligi va boşqa qulay şartlariga işonganlar esa biryöla 2-3 ta avtomobilga ham tölov qilgan. Sud hukmi oldidan bir neça jabrlanuvçi uşbu firmaga qanday aldangani haqida sözlab berdi.
«Toşkent şahri Çilonzor tumanida joylaşgan “Pr premier-avto” avtosalonini OLX sayti orqali körib, ularning manziliga bordim. Ular yillik 8 foiz nasiya savdo böyiça maşina çiqarib berişlarini aytişdi. Şundan keyin men Cobalt avtomaşinasiga 62 million 500 ming söm miqdorida boşlanğiç tölov qilib, qolganini yillik 8 foiz stavkasi böyiça 3 yil muddatda tölaş uçun şartnoma tuzdim. Keyin ularning xodimlari “Kapitalbank”da tölov qildirişdi va 2 oy muddatda maşinamizni çiqarib berişni aytişdi. Oradan şunça muddat ötib sörasak, ba’zi ehtiyot qismlari yetişmayotgani sababli maşinalar keçikayotgani haqida ma’lumot berişdi.
Yana ozgina kutdik. 3 oy, 4 oy. Bölmadi. Oxiri borganimizda, “Pr premier-avto” avtosaloni yopilganini kördik», – deydi Samariddin Abdusalimov.
Buxorolik Avaz Toştemirov ham aldanganlardan biri. Unga maşina 90 kunda topşirilişi aytilgan.
«2023 yil 13 dekabr kuni “Pr premier-avto” avtosaloniga Cobalt maşinasi uçun 46 million 851 ming pul tölagan edik. “90 iş kuni mobaynida olasizlar”, dedi. 89-kungaça aloqada böldik. 90-kuni aloqa uzildi», – deydi u.
Jabrlanuvçi maşinaning oylik tölovlari arzon çiqqani hamda bank orqali tölayotgani uçun avtosalonga işongan.
Boşqa bir jabrlanuvçi Nurbek Ibodullayev esa avtosalon faoliyatini yarim yilça kuzatgan. Ammo bu uni avtosalon tuzoğidan saqlab qololmagan va u ham şartnoma tuzgan.
«Ijtimoiy tarmoqlar orqali kördim, şartlari yoqdi. Keyin 2023 yil fevral oyida Cobalt uçun 50 mln söm töladim. 45 iş kunida çiqadi deyişgandi. Mana, 1 yildan beri sarson bölib yuribmiz. 5-6 oy kuzatgandim. Yopilmaganidan keyin töğri işlayapti ekan, degan fikr bilan tölov qilgandim», – deydi u.












