Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ilistonda pullar tarqatilishi mushtlashuvga olib keldi
Mo‘g‘iliston poytaxti Ulan-Batorda beg‘araz maqsadda pullar tarqatilishi katta olomon to‘planishiga va hattoki mushtlashuvga olib keldi, deb xabar bermoqda FashSiberia agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 1 mayda yuz bergan: Ulan-Batorda Mercedes avtomobilidagi noma'lum kishilar shahar markazi bo‘ylab harakatlanib, barcha istovchilarga 10-20 ming tugrik (milliy valyuta) qiymatidagi pullarni tarqatishgan. Bu pullar taxminan 5 va 10 dollarni tashkil qiladi.
Odamlar mashina ortidan yugurgilab, olomon vujudga keltirganlar, bir necha kishi esa pullarni olish ilinjida mushtlashib ketgan. Ta'kidlanishicha, pullar haqiqiy bo‘lgan.
Bunday "sahiylikni" kim amalga oshirgani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 25.09.2025
Pul sotiladimi? Islom moliyasidan nigoh
12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi
10:11 / 24.02.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi
08:40 / 23.01.2025