Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: YeI Turkiya fuqarolari uchun ma'lum shartlar evaziga vizasiz tartibni joriy etishi mumkin
Yevrokomissiya 4 may kuni Shengen hududi va Turkiya o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishini shartli ravishda tasdiqlanganini e'lon qiladi. Bu haqda BBC News xabar bergan.
Ushbu qaror Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muhojirlar muammosini hal etish borasidagi kelishuvning bir qismi hisoblanadi.
Vizaning bekor qilinishiga javoban Turkiya hukumati YeI hududiga kirib kelgan muhojirlarning bir qismini ortiga qaytarishi va yangi muhojirlarning kelishini to‘xtatishi lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari, Turkiya Yevropaning ichki siyosatiga taaluqli bir qator talablariga javob berishi lozim bo‘ladi. Siyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobatni shakllantirish, so‘z erkinligi va turli kam sonli siyosiy kuchlar huquqlarini ta'minlash kabilar shular jumlasidan.
Kelishuvga ko‘ra, 20 martdan so‘ng Gretsiyaga kelgan muhojirlar Turkiyaga qaytarib yuboriladi. Bu odamlar qochqin maqomini ololmagan muhojirlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:44
Turkiyada yashash ruxsatnomasi uchun to‘lov miqdori oshgani rad etildi
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026