Sport | 20:08 / 06.05.2016
9328
4 daqiqa o‘qiladi

OAV: Konnor Makgregor va Floyd Meyuezer jangi uchun milliard dollarlik shartnoma tuzilishi mumkin

Aralash qoidalar bo‘yicha yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni, irlandiyalik jangchi Konnor Makgregor va amerikalik bokschi, o‘tgan yilning sentabrida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyuezer o‘rtasida jang o‘tkazilishi mumkin. The Sun xabariga ko‘ra, tomonlarga 1 milliard dollar gonorar to‘lanishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, tomonlar gonorar masalasida kelishib olishi evaziga jang tashkillashtirilishi mumkin. Bu haqda yakuniy qaror yaqin vaqtlar ichida ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, jangni o‘tkazish bo‘yicha 2 may kuni bir to‘xtamga kelingan, jangning shu yil ichida Las-Vegasda o‘tkazilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, amerikalik bokschini irlandning so‘zlari darg‘azab qilgan. Oxirgi intervyularidan birida Makgregor Meyuezerni 30 soniya ichida "ag‘darib tashlashi" haqida aytgandi. Endi bokschi uni bu so‘zlari uchun "yanchib tashlamoqchi".

Undan oldinroq, Meyuezer Makgregorni irqchilikda va ortiqcha so‘zlarni gapirishda ayblagandi.

"U juda ko‘p iflos so‘zlar aytadi va bu bilan maqtanadi. Men shunday qilganimda ko‘p tanqidga uchrardim", degan 30 yoshli bokschi.

2015 yilning sentabrida u Andre Bertoni yengib, 39 yoshida yengilmas bokschi sifatida (49 jang, 49 g‘alaba, shundan 26tasi nokaut bilan) bokchchilikni tark etgandi. U barcha 5 toifa bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. U shuningdek, 1996 yilgi Olimpiada o‘yinlarida bronza medal olgan.

Meyuezer - sport tarixida eng yuqori miqdordagi gonorar (teletranslyatsiyalar va chiptalar sotuvi hisobiga) olgan sportchi hisoblanadi. U 2015 yilning iyunida Forbes jurnalining yil davomida eng ko‘p ish haqi ishlagan kishilari ro‘yxatini boshqargandi (300 mln dollar). U filippinlik Menni Pakyao bilan may oyida o‘tkazilgan jangda ochkolar evaziga yengish orqali 220 mln dollarga yaqin gonorar olgandi.

Biroz oldinroq, u professional ringga qaytishi mumkinligiga sha'ma qilgandi.

Konor Makgregor ham biroz oldinroq o‘z professional faoliyatini yakunlagan bo‘lishiga qaramasdan UFC 200 turnirida ishtirok etishi haqida ma'lum qilgandi.

5 mart kuni o‘tkazilgan jangda Dias jahon chempioni MakGregorni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Lekin o‘sha jang chempionlik kamari uchun kechmagandi.

Nevada shtati atletik komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, birinchi jang translyatsiyalari, homiylik to‘lovlari va bonuslaridan Makgregor 1 mln dollar olgan. U shu sport turi tarixidagi eng katta maosh olgan sportchiga aylangan. Bundan oldingi eng yaxshi ko‘rsatkich, braziliyalik Andres Silvaga tegishli bo‘lgan, u 2015 yilda Nik Dias bilan jangi uchun 800 ming dollar olgandi.Irlandiyalik sportchi shu vaqtgacha 19 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Diasning hisobida esa 19 g‘alaba va 10 mag‘lubiyat bor.

Mavzuga oid