Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer yaponiyalik kikboksçi Tensin Nasukava bilan jangi bölib ötişini aytdi. Bu haqda TMZ portali xabar berdi. 

“Bu körgazmali jangga öxşaş böladi, oyoq bilan heç qanday zarbalar bölmaydi. Men uning atrofida 9 daqiqa yugurib yuraman. Va bu albatta, tarixdagi eng qimmatbaho körgazmali jang böladi”, deb aytgan sportçi.

5 noyabrda Rizin yapon taşkiloti boş direktori Nobuki Sakakibara Meyuezer 31 dekabrda 20 yoşli Nasukavaga qarşi MMA qoidalari böyiça ringga çiqişini ma'lum qilgan. Biroq keyinroq boksçining özi yapon bilan jang qilişga rozilik bermaganini aytgan. Uning aytişiça, gap faqatgina tor doiradagi körgazmali çiqiş haqida borgan. Şundan keyin Rizin muxlislardan jang atrofidagi mavhumlik uçun uzr söragan.