Aralaş qoidalar böyiça yarim yengil vazn toifasida UFC çempioni Konor Makgregor biroz oldinroq öz professional faoliyatini yakunlagan bölişiga qaramasdan UFC 200 turnirida iştirok etişi haqida ma'lum qildi.
«Mamnuniyat bilan şuni ma'lum qilamanki, men UFC 200ga qaytaman! Buning uçun Dane Uayt (UFC prezidenti - tahririyat) va Lorentso Fertittega minnadorçilik bildiriş kerak. Ular muxlislar uçun şuni ta'minlaşdi. Hurmat bilan», — deya yozgan u öz tvitterida.
Bundan oldinroq, Makgregor Neyt Dias bilan jangga katta kampaniya ötkaza olmagani va şu tufayli kerakli maşğulotlar ötkazişining iloji bölmagani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, 5 mart kuni ötkazilgan jangda Dias jahon çempioni MakGregorni muddatidan avval mağlub etgandi. Lekin öşa jang çempionlik kamari uçun keçmagandi. Agar revanş jangi tasdiqlansa, bu jang 9 iyul kuni UFC 200 keçasi doirasida bölib ötadi.
Nevada ştati atletik komissiyasi ma'lumotiga köra, birinçi jang translyatsiyalari, homiylik tölovlari va bonuslaridan Makgregor 1 mln dollar olgan. U şu sport turi tarixidagi eng katta maoş olgan sportçiga aylangan. Bundan oldingi eng yaxşi körsatkiç, braziliyalik Andres Silvaga tegişli bölgan, u 2015 yilda Nik Dias bilan jangi uçun 800 ming dollar olgandi.
Irlandiyalik sportçi şu vaqtgaça 19 ğalaba va 3 mağlubiyat qayd etgan. 30 yoşli Diasning hisobida esa 19 ğalaba va 10 mağlubiyat bor.






