Yaponiyaning Rizin taşkiloti amerikalik boksçi Floyd Meyuezerni yangi yil oldidan ötkaziladigan Rizin 14 turnirida iştirok etişga köndirmoqçi. Bu haqdagi bayonot Yahoo.jp saytida e'lon qilindi.

Rizin işqibozlardan amerikalik boksçining yaponiyalik kikboksçi Tensin Nasukavaga qarşi ötkazilişi rejalaştirilgan jangi borasidagi çalkaşliklar uçun uzr söragan. Rahbariyat Meyuezer bilan kelişişga urinib körişini bildirgan. Muloqot natijasi haqida kelasi haftada ma'lum qilinadi.

5 noyabr kuni Rizin taşkilotining boş direktori Nobuki Sakakibara Meyuezer 20 yoşli Nasukavaga qarşi ringga çiqişini e'lon qilgandi. Ammo keyinroq boksçi yaponiyalik bilan jang ötkazişga rozilik bermaganini bildirdi.

41 yoşli Meyuezer professional faoliyati davomida biror marta ham yutqazmagan.