Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukava bilan jangga rozilik bermaganini aytdi. U bu haqda instagramda ma'lum qilgan.
“Endi men Tokioga uzoq davom etgan va oğir safardan keyin yana Amerika yerida turganimda, muxlislarimga va mediaga 31 dekabrga belgilangan voqea böyiça murojaat qilmoqçiman. Gapni men, Floyd Meyuezer, Tensin Natsukava bilan rasman jangga rozilik bermaganimni tuşuntirişdan boşlaş kerak. Bundan taşqari, men Yaponiyaga bormagunimça uning nomini heç qaçon eşitmaganman ham”, deb ta'kidlab ötgan Meyuezer.
Uning aytişiça, gap Rizin yapon taşkiloti sportçisi bilan körgazmali jang haqida ketgan. Dastlabki kelişuvlarga köra, bu jang tor doiradagi şaxslarga möljallangan bölib, televideniye orqali translyatsiya qilinmasligi kerak edi.
41 yoşli boksçi notöğri ma'lumot berilgani uçun uzr söragan va matbuot anjumanda e'lon qilingan ma'lumotlardan karaxt holga tuşganini aytgan.
Uşbu jang Meyuezerning MMAdagi ilk jangi bölişi kutilayotgan edi.
5 noyabrda Rizin boş direktori Meyuezer 20 yoşli Natsukavaga qarşi ringga çiqişini e'lon qilgandi. Meyuezer bilan jang qilgan irlandiyalik Konor Makgregor amerikalikning özidan ança tajribasizroq köringan yapon bilan jang qiliş qaroridan aççiq bildirib, amerikalikni ijtimoiy tarmoqlarda mazax qilgan.












