2015 yilning kuzida boksçilik faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer öziga ringga qaytişi uçun katta miqdordagi mablağ taklif qilingani haqida aytdi. U bu haqda Showtime telekanali efirida gapirgan.

«Ayni vaqtda men promouterlik kompaniyam faoliyati haqida qayğuriş bilan bandman. Lekin şu bilan birga CBS va Showtime telekanallari bilan ringga qaytişim ehtimoli borasida muzokaralar ötkazmoqdaman.

Gap aqlga siğmas darajadagi katta mablağlar haqida ketmoqda. Lekin oldinda nima bölişini aytiş ilojsiz. Men ayni vaqtda öz işlarimdan mamnunman – yoş boksçilarga promouter sifatida yordam bermoqdaman va şaxsiy kareram haqida öylamayapman», – degan Meyvezer.

2015 yilning sentabrida u Andre Bertoni yengib, 39 yoşida yengilmas boksçi sifatida (49 jang, 49 ğalaba, şundan 26tasi nokaut bilan) bokççilikni tark etgandi. U barça 5 toifa böyiça jahon çempioni bölgan. U şuningdek, 1996 yilgi Olimpiada öyinlarida bronza medal olgan.