Jahon | 09:15 / 10.05.2016
3451
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq sharqida amalga oshirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi

Iroq sharqidagi Baakuba shahrida avtomobil portlatilishi orqali sodir etilgan terakt tufayli 16 kishi halok bo‘ldi va 50 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 12 kishi ekani aytilgandi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, qurbonlar orasida ko‘plab bolalar bor.

Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Bundan oldinroq, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroq va Suriya hududida IShID marralarini bombalagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid