Uchtepa tumanidagi 116-sonli maktabda rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tuman Kengashi tomonidan “Yozni “Kamolot” bilan!” loyihasi doirasida “Go‘zal va betakrorimsan muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim!” mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov tumandagi 116-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida tashkil etilgan yozgi oromgohda dam olayotgan yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Bolalar besh guruhga bo‘lingan holda o‘zlarining mustaqil Yurt, jonajon Vatan to‘g‘risidagi fikrlarini qalam orqali ifoda etishib, o‘zaro bahslashishdi. Eng yaxshi rasmlar muallifi deb topilgan jamoalar tanlov so‘nggida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tuman Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
“Kamolot” YoIH Uchtepa tuman Kengashi matbuot xizmati
Mavzuga oid
17:11 / 10.08.2017
«Paxtakor» homiylari ichida hamon «Kamolot» bormi? (Fotofakt)
15:50 / 12.07.2017
Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati kengashiga rais saylandi
09:52 / 01.07.2017
Ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat va burchi huquqiy asosda mustahkamlanadi
09:24 / 01.07.2017