Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuzlar O‘zbekistonda Buyuk Ipak Yo‘li haqida film olishmoqda
Fransiyaning Electron Libre Productions studiyasi O‘zbekistonda "Buyuk Ipak yo‘li va boshqa mo‘jizalar" hujjatli filmini tasvirga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqida Podrobno.uz sayti xabar berdi.
Elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi hamda "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tadigan hujjatli film 15 qismdan iborat bo‘ladi. Har bir qism 26 daqiqa davom etadi. O‘zbekistonda kartinaning uch qismi tavsirga olinib, ular Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlariga bag‘ishlanishi rejalashtirilmoqda. Film s'yomkalari 19 iyulga qadar davom etadi.
Film ssenariysiga ko‘ra, boshlovchi A. de Monteskyu nafaqat Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarga sayohat qiladi, balki ular haqida so‘zlab ham beradi, shu bilan birga bu yerdagi tarixchilar, arxeologlar va oddiy odamlar bilan suhbat qurib, xalqimizning ko‘p asrlik urf-odatlari va an'analarini ko‘rsatib beradi. Mazkur hujjatli film ARTE Yevropa kanalida namoyish etiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026