Jahon | 09:40 / 13.08.2016
9149
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limi yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqladi

Foto: Reuters

Pentagonning rasmiy vakili Gordon Troubrij IShID terrorchilik guruhining bo‘limi yetakchisi Hofiz Said Xonning Afg‘onistonda 26 iyulda aviazarba oqibatida yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda Pentagon rasmiy saytida ma'lum qilingan

"Xon AQSh va koalitsiya qo‘shinlariga hujumlarda va Afg‘onistonda o‘z bo‘limining operatsiyalarida bevosita ishtirok etgani ma'lum", deb aytdi Troubrij. 

Jangarilar yetakchisi Nangarxor viloyatining Achin tumanida yo‘q qilingan.

Avvalroq Afg‘onistonning Pokistondagi elchisi AQSh IShIDning Afg‘oniston va Pokistondagi yetakchisini yo‘q qilganini ma'lum qilgandi, biroq AQSh bu xabarni tasdiqlamagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid