Jamiyat | 16:51 / 15.08.2016
7213
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 12 soat ichida oylik me'yorning yarmidan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi

Moskva transport majmuasining axborot markazida jurnalistlarga ma'lum qilinishicha, ob-havoning noqulay kelishi jamoat transportining ishlashiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan, biroq keyinroq kamida ikki avtobusning yo‘nalishlari kuchli yomg‘ir tufayli ushlanib qolganligi aniqlandi. 

Shaharda favqulodda ogohlik e'lon qilindi, kommunal xizmatlar kecha-yu kunduz ishlash tartibiga o‘tishdi, «Mosvodostok» esa 50dan ortiq suv toshish holati haqida buyurtma oldi. 

FVV poytaxt aholisiga binolardagi barcha derazalarni yopishni, imkon qadar avtomobilda yurishdan saqlanishni va transport vositalarini garajlarda qoldirishni tavsiya qildi. Yo‘lovchilarga reklama banerlari va nozik qurilishlarni chetlab o‘tish maslahati berildi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid