6 yoshli bola o‘z hayoti evaziga onasini jinoyatchidan himoya qildi
Janubiy Afrika Respublikasida 6 yoshli bola o‘z hayoti evaziga onasini jinoyatchidan himoya qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Segomotso Garskeyp ismli ayol o‘z o‘g‘illari – 8 yoshli Tabiso va 6 yoshli Kutlvanoni maktabga olib ketayotganda yo‘lda bir erkak tomonidan hujumga uchraganlar. Erkak ayoldan pul talab qilgan. Jinoyatchi rad javobini olgach, ayolni yerga yotqazib, uning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Shunda kichkina Kutlvano baqirib, jinoyatchini oyoqlari bilan tepa boshlagan.
Bundan darg‘azab bo‘lgan jinoyatchi bolakayga tashlangan. Ayol katta o‘g‘li bilan yo‘lga avtomobillar haydovchilaridan yordam so‘rash uchun chopishgan. Ular voqea joyiga qaytishganda jinoyatchi Kutlvanoni bo‘g‘ayotgani, so‘ngra esa shisha idish parchasi bilan uni o‘ldirganining guvohi bo‘lishgan.
Politsiya 32 yoshli jinoyatchini qo‘lga olgan. U sudga yetkazilgan. Mahalliy aholi jinoyatchiga qattiqqo‘l jazo so‘rab, piket uyushtirgan.
Mavzuga oid
11:30 / 19.10.2024
JAR Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazishga qaror qildi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
11:48 / 15.06.2024
Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi
21:03 / 01.06.2024