Jahon | 00:14 / 20.08.2016
16028
1 daqiqa o‘qiladi

Gulen: AQSh meni ekstraditsiya qilish uchun sabab topa olmaydi

Turkiya hukumati davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda gumon qilayotgan muxolif imom  Fathulla Gulen AQSh Turkiya bergan hujjatlarda uning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga qonuniy asoslar topa olmaydi, deb aytdi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda. 
 
"Amerika bunday noto‘g‘ri qaror qabul qiladi va jahon jamoatchilik fikri bilan hisoblashadi, deb o‘ylamayman. Bu agar AQSh balandparvoz tasdiqlar bilan aldansagina yuz berishi mumkin. Turkiya meni hibsga olishga so‘rov yuborgan, biroq mening manbalarimga ko‘ra, AQSh sudi uni rad etgan", deb aytdi Gulen telekanalga bergan intervyusida.   

Gulen Turkiya tomonidan yuborilayotgan hujjatlarda unga nisbatan biror-bir asoslangan va yuridik jihatdan muhim ayblovlar yo‘qligini aytgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid