Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada maktab o‘quvchilarini mobil ilova orqali nazorat qilish mumkin bo‘ladi
Rossiyalik ota-onalar, o‘z farzandlarining o‘qishi va ta'lim muassasasiga borishini kuzatib turish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Ular buning uchun mobil ilovadan foydalanishadi, deb yozmoqda «Izvestiya» nashri.
Rossiyada shu yilning sentabr oyidan «Dnevnik.ru» xizmati ishga tushiriladi. Agar maktab o‘quvchisi yomon baho olsa yoki darsga qatnashmasa, uning ota-onasi telefoniga push-xabar keladi. Ilova shuningdek, o‘qituvchilar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi mesenjyerga ham ega bo‘ladi.
Ushbu dastur yordamida o‘quvchilarga berilgan uy vazifasidan ham xabardor bo‘lish mumkin.
Ilovada shuningdek, bola qaysi fanda o‘zlashtira olmayotganini ham bilib olish imkoniyati mavjud.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat birinchi navbatda shisha tolali internet rivojlanmagan va odamlar mobil internetdan faol foydalanuvchi mintaqalar uchun mo‘ljallangan. Ilova eng past internet tezligida ham ishlaydi, bu esa ota-onaga har qanday sharoitda ham bolasini nazorat qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026