Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya HHK “Boko Haram” rahbari o‘ta og‘ir yaralanganini ma'lum qildi
Foto: AP
Nigeriya harbiy-havo kuchlari mamlakatda harakat qiluvchi “Boko Haram” terrorchilik tashkiloti marralariga zarba berdi. Oqibatda tashkilotning bir necha dala qo‘mondoni yo‘q qilindi, guruh yetakchisi o‘ta og‘ir jarohat oldi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, aviazarbalar guruh yetakchisi Abubakar Shekau diniy marosim o‘tkazish uchun Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan Tayye qishlog‘ida o‘z qo‘mondonlari bilan yig‘ilgan bir paytda berilgan.
Eslatib o‘tamiz — "Boko Xaram" Nigeriyada harakatlanuvchi radikal islomiy guruhdir. Uning jangarilari ta'lim olishning g‘arbcha usuliga qarshi chiqishadi va mamlakatda shariat boshqaruvini yo‘lga qo‘yishga urinishadi. Shekau "Boko Xaram"ni 2009 yildan beri boshqarib keladi. U 2015 yilda IShID terrorchilik guruhiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025
Nigeriyada jangarilar qo‘lidan yana 130 nafar maktab o‘quvchisi ozod qilindi
09:37 / 08.12.2025