Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 29 avgust motam kuni deb e'lon qilindi
Qirg‘iziston prezidenti mamlakat fuqarolari Moskvadagi omborxonada chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lgani munosabati bilan 29 avgustni motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
"Prezident 29 avgustni fojia qurbonlari xotirasi uchun motam kuni deb e'lon qildi", deyilgan xabarda.
Shu kuni mamlakatda davlat bayroqlari tushirilib, qo‘ngilochar tadbirlar bekor qilinadi. Radio va telekanallarda ko‘ngilochar dasturlar va reklama to‘xtatiladi.
Yong‘in 27 avgust, shanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Bundan oldingi xabarlarda hodisa vaqtida halok bo‘lgan 17 kishining 14 nafari qirg‘izistonlik ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026