Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 29 avgust kuni Shvetsiya Qirolligining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmanni qabul qildi.
TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shvetsiya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi, shuningdek «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
07:22 / 09.05.2026