Londonda an'anaviy karnaval vaqtida 300 dan ko‘proq odam hibsga olindi
Londonning Notting-Xill tumanida har yilgi an'anaviy karnaval vaqtida 300 dan ko‘proq odam ushlandi, deb ma'lum qildi London politsiyasi.
Notting-Xilldagi karnaval 1964 yil avgustdan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Uning bosh ishtirokchilari Londonning g‘arbida 1950-yillardan keyin joylashishni boshlagan Karib dengizidan kelganlar hisoblanadi. Karnaval vaqtida spirtli ichimliklar iste'moli sababli ko‘pincha turli qoidabuzarliklar yuz beradi.
"Karnavalning 1-kuni (28 avgust) turli qoidabuzarliklar uchun 156 kishi, 2-kuni 160 kishi ushlandi. Hibsga olishlarning ko‘pi qurol olib yurish va giyohvand moddalarga egalik qilish gumoni bilan amalga oshirilgan", deyildi Skotland-yard xabarida.
Karnaval vaqtida 4 kishi pichoq jarohati olgan, ularning barchasi 15-20 yoshlilar. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, patrul guruhlari festivalga tashrif buyurganlar yonidan 26 ta pichoq tortib olgan. 200 dan ko‘proq odam tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Notting-Xill karnavali Yevropadagi eng katta ko‘cha bayrami hisoblanadi, unga yuz minglab odamlar tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024