O‘zbekiston | 18:25 / 31.08.2016
45852
2 daqiqa o‘qiladi

RF bosh vaziri o‘rinbosari Toshkent Moskvadan prezident davolanishi bo‘yicha yordam so‘ramaganini ma'lum qildi

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida prezident Islom Karimovga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv borligi, ammo rasmiy Toshkent bu borada Moskvaga murojaat qilmaganini ma'lum qilgan.

“Bizda ular bilan o‘zaro umumiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Bizga agar boshqa davlatda bo‘lmagan murakkab texnologik operatsiyalarda yordam so‘rab murojaat qilishsa, yordam ko‘rsatamiz. Ammo bunday rasmiy murojaat bo‘lmadi”, deya ta'kidlagan Golodets chorshanba kuni jurnalistlarga.

"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, jurnalistlar O‘zbekiston hukumati Rossiyaga Islom Karimov davolanishi yuzasidan tibbiy yordam yoki maslahat so‘rab murojaat qilgan-qilmagani haqida savol bergandi.

28 avgust kuni O‘zA agentligi Vazirlar Mahkamasiga asoslanib prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekani haqida xabar berdi.

29 avgust kuni prezidentning ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida otasi insult tufayli shifoxonada ekani, endilikda ahvol barqarorlashgani haqida ma'lum qildi. 

Bugun, 31 avgust kuni esa u O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 25 yilligi bilan muborakbod etdi va xalqning duolari va yaxshi niyatlari ortidan prezidentning salomatligi yaxshilanib borayotgani haqida bildirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid