Ozarbayjon prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor etdi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston rahbari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati ma'lum qilgan.
«O‘zbekiston respublikasi prezidenti, atoqli davlat va ijtimoiy-siyosiy arbob Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qarshi oldim.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti sifatida tarixga kirdi. Davlat mustaqilligi va mamlakat suverenitetining shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi erishilgan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi uning nomi bilan bog‘lanadi", — deyiladi murojaatda.
Ilhom Aliyev Ozarbayjonda mustaqillik yillarida ko‘ptomonlama ozarbayjon-o‘zbek davlatlararo munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissasini qo‘shgan Islom Karimovni haqiqiy do‘st sifatida bilishi va uni qattiq hurmat qilganini qayd etgan.
«Ushbu qayg‘uli soatlarda og‘ir va o‘rnini qoplab bo‘lmas yo‘qotish munosabati bilan Ozarbayjon xalqi va o‘z nomimdan Sizga, Islom Karimovning qarindoshlari va yaqinlari, qardosh O‘zbekiston xalqiga hamdardlik izhor etaman. Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda doim saqlanib qoladi», — deyiladi hamdardlik maktubida.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024