Ijtimoiy tarmoqlarda Klinton xonim prezidentlik poygasidan chiqishi kerakligi muhokama qilinmoqda
AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratik partiyadan nomzod hisoblanmish Hillari Klinton 9/11 qurbonlarini xotirlash uchun tashkil etilgan marosim vaqtida o‘zini yomon his qilib, marosimni tark etishga majbur bo‘ldi.
Avvaliga uning saylovoldi kampaniyasi shtabi vakillari siyosatchi "issiq harorat" tufayli o‘zini yomon his qilgani haqida aytishdi. Lekin keyinroq shifokorlar Klinton xonimga pnevmoniya tashxisini qo‘yishdi.
Bu hodisalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda.
"O, xudoyim! Marhamat, bu bechora ayol prezidentlik poygasidan chiqsin", deya yozgan tvitter foydalanuvchilaridan biri.
"Agar Hillari 77 daraja issiqqa (Farengeyt bo‘yicha, bu Tselsiy bo‘yicha 25 darajaga teng) o‘zini yo‘qotsa, u biz avval o‘ylaganimizdan ko‘ra jiddiyroq xasta ekan", deya yozgan yana ulardan biri.
"Mana, prezidentlik poygasidan qolgan narsa", deya tvitter foydalanuvchilaridan biri Hillari Klinton xonim o‘z avtomobiliga yo‘nalgan vaqtda yechilib qolgan tuflisi suratini joylashtirgan.
"Sog‘ligi yomonligi ochiq-oydin ko‘rinib turgan pallada, uni hech kim prezidentlik uchun kurashishga undamaydi", deyilgan tvitlardan birida.
Endilikda Hillari Klintondan o‘z sog‘ligi to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni ma'lum qilishi talab etiladi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
10:13 / 08.02.2022