AQShda prezident saylovining ovoz berishi jarayoni boshlandi
Dunyoning yetakchi mamlakati – AQShda prezidentlik saylovi o‘zining yakuniy bosqichiga kirdi. Mamlakatning ayrim shtatlarida muddatdan avvalgi ovoz berish jarayoni boshlangan, ayrimlarida shu kunlarda start beriladi. Qayd etish joizki, mazkur saylov jarayoni amerikaliklar orasida ancha mashhur bo‘lib, saylovchilarning uchdan biri hozirdanoq ushbu imkoniyatdan foydalanishadi.
Rasman birinchi ovoz berish byulleteni Shimoliy Karolinada 9 sentabrda olingan. Biroq undan ham avvalroq, mazkur shtat fuqarosi, hozirda doimiy ravishda Fransiyada istiqomat qiluvchi Fransua Farjye ovoz berishni yakunlagan. U, sirtdan ovoz berib, byulleten solingan konvertni pochta orqali yuborgan. 26 avgust kuni maktub saylov komissiyasi ixtiyoriga kelib tushgan.
15 sentabrdan shu kabi ovoz berish jarayonida Alabama shtati saylovchilari ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Taxminan shu kuni, xorijiy mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarga ham byulletenlar yuboriladi. 23 sentabrdan esa, Minnesota shtatida saylovchilarning shaxsan kelishlari mumkin bo‘lgan saylov uchastkalari ochiladi.
Umuman, sentabr oyi oxirigacha 7ta shtatdagi saylov qo‘mitalari ish boshlaydi, rasmiy saylov kuni bo‘lgan 8 noyabrgacha esa, 35 shtat fuqarolari ovoz berishni tugallashi mumkin. Saylov jarayoniga bunday yondashuv hukumat tomonidan ma'qullanishini ham ta'kidlash joiz. Chunki, bu safargi saylovda prezidentdan tashqari, vakillar palatasining 435 nafar a'zosi, 34 senator, 12 shtat gubernatori, 15ta yirik shahar merlari saylanadi.
Shu bilan birga, ayrim shtatlarda muddatidan avval ovoz bermoqchi bo‘lgan saylovchi nima uchun vaqtli ovoz berayotganiga oydinlik kiritishi talab etiladi. 27 shtatda esa, istagan saylovchi sababini aytmasdan ovoz berishiga imkon beriladi.
Ikkita shtat – Oregon va Vashingtonda ovoz berish jarayoni faqatgina pochta orqali o‘tkaziladi. Bu shtatlarda umuman ochiq saylov uchastkalari mavjud emas.
Ekspertlar esa, muddatidan avval ovoz berish jarayoni Hillari Klintonga qo‘l kelishini aytishmoqda. Chunki, u hozircha uncha katta farq bilan bo‘lmasa-da, Trampni ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:46 / 05.11.2024
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
18:53 / 05.11.2024