Jahon | 20:09 / 14.09.2016
20583
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda gaz, elektr energiya va suvga imtiyozlarni bekor qilish taklif qilindi

Turkmaniston oqsoqollar kengashi ishtirokchilari 14 sentabrdagi yig‘ilishda mamlakatda tabiiy gaz, elektr energiya va suvdan bepul foydalanishni bekor qilishni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Yig‘ilishda chiqqanlar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovga yuzlanib, mamlakatda mavjud bo‘lgan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish va tabiiy gaz, elektr energiya va suvdan bepul foydalanishni bekor qilishga chaqirishdi.

Davlat tomonidan fuqarolariga taqdim qilinadigan bu imtiyozga qarshi chiqayotganlar o‘z qarashlarini mamlakat aholisining moddiy farovonligi ancha oshgani, bunday imtiyozlarning mavjudligi esa mamlakatda bozor islohotlarini o‘tkazishni murakkablashtirishi bilan tushuntirdilar.

Turkmaniston prezidenti yig‘ilishga yakun yasarkan, bu masalaga mulohaza yuritib va bosiqlik bilan yondashish kerakligini aytdi. Uning fikricha, davlat aholiga imtiyozlar taqdim qilishdan tashqari, tabiiy boyliklarni asrab-avaylab sarf qilish va ularni keyingi avlodlar uchun saqlab qolish lozimligini aytdi. Berdimuxamedov hukumatga bu masalani yaxshilab o‘rganib, tegishli qarorni tayyorlashni buyurdi.

 

Mavzuga oid