Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:08 / 18.09.2016
7018
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Jyersidagi portlash joyida yana bitta bomba aniqlandi
AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi xayriya marafoni boshlanishi oldidan qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi yuz bergan joyda politsiyachilar ikkinchi portlovchi qurilmani aniqladilar, deb ma'lum qildi okrug prokurori idorasi vakili.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda ikkinchi portlovchi qurilma portlagan-portlamagani noma'lum.
Huquq-tartibot muassasalari voqea joyida uchinchi bombani qidirishmoqda.
Avvalroq marafon oldidan portlash yuz bergani ma'lum qilingandi.