Fan-texnika | 19:47 / 20.09.2016
5551
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki nafar hind talabasi Facebook’ni sudga berdi

Karmenya Singx Sarin va Shreya Setxi Dehli oliy sudiga WhatsApp kompaniyasining yangi siyosati millionlab foydalanuvchilar manfaatiga xavf solayotganini ta'kidlab, da'vo arizasi bilan murojaat qildilar.

19 yoshli Singx va 22 yoshli Setxi "foydalanuvchi roziligi" atamasi Hindistonda ma'noga ega emasligini, chunki ko‘pchilik hindlar maxfiylik siyosati o‘zgarishining oqibatlarini o‘qish yoki tushunish uchun yetarlicha bilim va tayyorgarlikka ega emasligini aytmoqdalar.

Sud jarayonida WhatsApp kompaniyasi "Feysbuk"ka foydalanuvchilar ismlari va telefon raqamlarini istesno qilgan holda, ularning yozishmalari mazmunini bermasligini aytdi. Kompaniya messenjerdan foydalanish ixtiyoriy ekanligini qo‘shimcha qildi. 

SimilarWeb ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonning 70 mln dan ko‘proq aholisi WhatsApp’dan foydalanadi, "Feysbuk" auditoriyasi esa 150 mln ga yaqin foydalanuvchini o‘z ichiga oladi. 

WhatsApp kompaniyasi 25 avgustda o‘z blogida maxfiylik siyosati o‘zgarishini e'lon qilib, "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘i bilan ma'lumotlar almashish natijasida WhatsApp messenjeri foydalanuvchilariga do‘stlarning aniqroq tavsiyalari va tegishli e'lonlarni ko‘rsatishni taklif qilishi mumkinligidan ogohlantirgan. Kompaniya foydalanuvchilar telefon raqamlarini reklama beruvchilarga bermaslikka va'da bergan.

 

Mavzuga oid