Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT O‘zbekistondagi prezidentlik sayloviga kuzatuvchilarini yuboradi
2016 yilning 20-23 sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar berdi.
Majlisda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, majlisda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishdi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026