Jahon | 17:25 / 23.09.2016
4229
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand janubidagi portlash oqibatida bir necha politsiyachi halok bo‘ldi

Tailand janubidagi Yalla provinsiyasida bomba portlashi oqibatida uch nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi va bir nafari og‘ir yaralandi. Bu haqda Voice TV telekanali xabar bermoqda.

Portlash juma tongida, Yalla provinsiyasining Purong tumanida yuz berdi. Ushbu provinsiya Malayziya bilan chegaradosh bo‘lib, bu yerda 2004 yildan beri Tailand kuch tuzilmalari va jangari-separatistlar bilan to‘qnashuvlar davom etib keladi.

Bomba politsiya avtomobilining kunduzgi patrulligida portlatilgan. Telekanalning xabar berishicha, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, buning oqibatida avtomobil havoga bir necha metr ko‘tarilib tushgan. Halok bo‘lgan uch nafar politsiyachi avtomobil ichida bo‘lishgan.

Surishtiruv ishlaridan so‘ng bomba masofadan turib portlatilgani ma'lum bo‘lgan.

Mavzuga oid