Jahon | 07:29 / 26.09.2016
3562
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada politsiya yo‘lovchilarga o‘q uzganlarni qidirmoqda

Shvetsiyaning Malme shahrida avtomobildan turib yo‘lovchilarga o‘q uzgan kimsalar qidirilmoqda. Hujum oqibatida 4 kishi yaralangan. Mahalliy matbuotning ma'lum qilishicha, 25 sentabrda kechki vaqt futbol uchrashuvi bo‘layotgan stadion oldidan o‘tayotgan avtomobil oynasidan noma'lum kimsa odamlarni o‘qqa tutgan. 

Shahar politsiyasi voqea joyidan ikkita mopedda qochib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchilarni qidirmoqda. Guvohlarning aytishicha, hujum qilganlar 4 kishi bo‘lgan, ulardan biri avtomat bilan qurollangan bo‘lgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid