Jamiyat | 18:11 / 05.10.2016
9306
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Sayyohlar ko‘z o‘ngida maymunlarning ikki to‘dasi "janjal boshladi"

Xitoyda maymunlarning ikki guruhi sayyohlar ko‘z o‘ngida janjal uyushtirdi. Tomoshabinlar tomonidan olingan rolik Daily Mail tomonidan nashr etildi.

Voqea Sichuan viloyatida joylashgan Emeyshan tog‘i yonbag‘rida sodir bo‘lgan. Videodan ma'lum bo‘lishicha, jonivorlar avvaliga bir-biriga hujum qilishmagan, sal o‘tib faol harakatlanish boshlangan. Video so‘ngida urushayotgan maymunlar odamlarni hayday boshlaydi.  

Emeyshan tog‘i xitoylik buddistlar uchun muqaddas maskan sanaladi, shuningdek, tog‘ sayyohlar uchun eng mashhur qadamjolardan biri hisoblanadi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid