Science jurnalida çop etilgan maqolada aytilişiça, tadqiqotçilar bir neça yil davomida Kongo Demokratik Respublikasidagi Kokolopori qöriqxonasida yovvoyi bonobo maymunlari ustidan kuzatib borişdi. Ular alohida ovozlar va ularning birikmalarining ma’nosini aniq tarzda şifrlaş uçun noyob metodika yaratişdi. Ovozli signallarning özidan taşqari, ularning qaçon va qanday şaroitda işlatilganiga ham e’tibor qaratildi. Ovoz çiqarişdan oldin va keyin maymunlar qanday tutgani, atrofda yirtqiçlarning mavjudligi kabi 300 dan ortiq parametr hisobga olindi.
Olimlar natijada bonobolar «luğati»ni tuzişga muvaffaq bölişdi — bu uşbu turdagi maymunlar tomonidan qöllaniladigan barça ma’lum ovozlarning ma’nolarini tizimli ravişda tasniflaş böyiça ilk urinişdir. Keyin esa ular ovozlarning birikmalarda qanday qöllanilişini tekşirişdi: birikma umumiy ma’nosi undagi alohida qismlar ma’nolariga boğliqmi-yöqmi? Ma’lum bölişiça, köp hollarda birikmaning ma’nosi alohida ovozlar ma’nolarining yiğindisiga boğliq bölgan — bu esa kompozitsiyaviylikning asosiy belgisidir.
Bundan taşqari, ba’zi ovoz birikmalari nooddiy kompozitsiyani namoyon qilgan — ya’ni bir ma’no ikkinçisini modifikatsiya qilgan holatlar kuzatilgan. Bu inson tilida uçraydigan holat — masalan, «yomon raqqos» iborasida «yomon» sifati insonni emas, uning raqqos sifatidagi qobiliyatini baholaydi. Hayvonlar orasida bunga öxşaş tuzilmalar avval heç qaçon işonçli tarzda qayd etilmagan edi.
Tadqiqot şuni körsatmoqdaki, bonobolar tomonidan işlatiladigan barça ovozlar heç bölmaganda bitta kompozitsion birikmada uçraydi — inson tilida sözlar qanday bölsa, xuddi şunday. Bu esa kompozitsiyaviylik faqat insonga xos xususiyat emas, balki ança qadimiy fenomen ekanini anglatadi.
Bu kaşfiyot til paydo bölişiga yangi yondaşuvni taklif etadi va nutq qanday rivojlanganini tuşuniş yölida navbatdagi qadam hisoblanadi.








