Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi xususiy hayvonot boğida uç boş şer hujumi oqibatida halok bölgan qorovul işi böyiça sud hukmi öqildi.

Hodisa 2024 yil 17 dekabr kuni sodir bölgan edi. Uç boş şer eşik oçiq qoldirilganidan foydalanib, qafasni tark etgan. Söngra ularni qafasga qaytarmoqçi bölgan qorovulga taşlangan. 1980 yilda tuğilgan erkak hodisa joyida joni uzilgan edi.

Hayvonot boği xodimlari 2 boş şerni uxlatuvçi dori vositasini qöllab, qafasga qaytargan. Yana bir şer mahalliy ovçi tomonidan otib öldirilgan.

Hodisa yuzasidan xususiy hayvonot boği direktoriga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) ikkinçi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Qamoqqa oliş ehtiyot çorasi bekor qilinib, sud zalida ozod etildi.

Mavzuga oid: