Jahon | 09:54 / 10.10.2016
6394
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Ayollarni menchalik hurmat qiladigan odam yo‘q

Foto: Reuters

Donald Tramp AQSh prezidentligiga nomzodlarning ikkinchi teledebati chog‘ida 11 yil oldin ayollar haqida aytgan haqoratli so‘zlari ommaga oshkor qilinganiga munosabat bildirib o‘tdi.

«Men oilamdan, amerikaliklardan uzr so‘rayman. Men bu bilan faxrlanmayman. Men hozir juda noqulay ahvoldaman, uyatdaman, u gaplar barcha uchun emasdi», — degan Tramp.

U o‘zi aytganidek ishlar qilmaganini qayd etib o‘tgan.

«Men ayollarni juda hurmat qilaman, ayollarni hech kim menchalik hurmat qilmaydi», — degan milliarder.

U AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan bog‘liq mojarolarga e'tiborni qaratgan.

«Bill Klintonning nimalar qilganini eslang. Mening so‘zlarim tasodifan aytilgan, uning holatida esa u shunday ishlarni qilgan. Hillari mening 11 yil oldin gapirgan so‘zlarimni eslatishdan charchamas ekan, bu uning uchun uyatli holdir», — deya qayd etgan Tramp.

Trampning shtabi debatlar boshlanishiga 1 soat qolganida ushbu mojarolar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid