Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Tadbirkorlik institutini egallab olgan terrorchilar yo‘q qilindi
Hindiston armiyasi uch kun avval Tadbirkorlikni rivojlantirish davlat institutiga joylashib olgan 2 nafar jangarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyotni yakunladi. Maxsus amaliyot shimoliy Jammu va Kashmir shtati ma'muriy markazi Srinagar shahridan 15 km masofada o‘tkazilgan, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilardan biri 11 oktabrda o‘ldirilgan. Dastlab, maxsus kuchlar binoda 3 nafar ekstremist borligini taxmin qilgan. Amaliyot chog‘ida bir harbiy xizmatchi yaralangan.
Xabarlarga binoan, jangarilar qayiqda Pokiston hududidan Jyelam daryosini suzib o‘tib, institut binosini egallab olishgan. Xavfsizlik kuchlari zudlik bilan ularning g‘arazli rejalarini to‘sishgan. Bundan avval, fevral oyida ham ekstremistlar ushbu binoni egallashga urinishgan edi.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026