Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: MRB Rossiyaga qarshi maxsus hujumni tayyorlayapti
AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi mamlakat prezidenti ma'muriyati topshirig‘iga binoan Rossiyaga qarshi jiddiy kiberhujumni tayyorlamoqda. Bu haqda, NBC News telekanali razvedka boshqarmasidagi yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda xabar qilgan.
Qayd etilishicha, hujum go‘yoki rossiyalik xakerlarning AQSh prezidentlik sayloviga ta'sir etishga urinishi uchun javob bo‘ladi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati ushbu kiberhujum nishoni hisoblanadi. Uning izoh berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofidagi kishilarning shaxsiy akkauntlari va bank hisob raqamlariga hujum qilinadi.
Manba, shuningdek, boshqarma amaliyotga tayyorlanayotgani va buzish usullarini ishlab chiqayotganini aytgan.
Mavzuga oid
21:13
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:16
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
17:39
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
14:09