Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Star: ruslar Amerikaga hujumni Alyaskani qo‘lga kiritishdan boshlaydilar
Agar Rossiya AQShga hujum qilishga qaror qilsa, unda birinchi navbatda Alyaskani qo‘lga oladi, deb yozdi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining anonim sobiq harbiy qo‘mondoniga iqtibos keltirgan holda Daily Star. Sobiq harbiyning fikricha, Obama ma'muriyati bu shtatni eng himoyasiz hududga aylantirgan, shuning uchun u Rossiyaning boshlang‘ich hujumiga qulay joy bo‘ladi.
"Bizning flotda Obama Alyaskani himoyasiz hududga aylantirgani haqida fikr vujudga kelgan. Bu shtat uchinchi jahon urushi holatida operatsiyalarni o‘tkazish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanadi. Biz Alyaskadan Kanadagacha va oxir-oqibat butun shimoli-g‘arbga bostirilib kirish xavfi ostidamiz", deb aytdi noma'lum harbiy.
Uning ta'kidlashicha, ruslar to‘liq miqyosdagi ixtilof vaqtida "aloqa liniyalarini uzib tashlash va muhim ko‘priklarni egallab olish uchun yo‘l-qurilish brigadalari qiyofasida yashirinmoqdalar". Boshqa manbalar ham rossiyalik harbiylar fuqarolik kiyimida Alyaskaga bilintirmasdan kelayotganlari, tashlandiq motellar va harbiy bazalarda yashayotganlarini tasdiqlamoqdalar.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
08:46 / 16.07.2026