Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton Trampni "Kreml bilan aloqasini tan olish"ga chaqirdi
Foto: Brian Snyder / Reuters
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton o‘zining raqibi - respublikachi Donald Tarmpni Rossiya rahbariyati va Vladimir Putin bilan uni nima bog‘lab turishini oshkor qilishga chaqirdi. U o‘zining Twitter'ida shu mazmundagi yozuvni qoldirdi.
"Amerika razvedkasi Rossiya hukumati saylovlar natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida AQShga qarshi kiberhujum yo‘llayotganini tasdiqladi. Nima uchun Putin Trampning g‘alaba qilishini xohlaydi? U aytgan yaxshi gaplar (Putin haqidagi) uchunmi? Uning Kreml bilan aloqasini yaxshilashga doir va'dasi uchunmi? Uning kelishuvlari tufaylimi?", - deb yozadi Klinton.
Sobiq davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, saylovlarga atigi 8 kun qoldi va Tramp "Kreml hamda unga oid shaxslar bilan barcha aloqalarini darhol tan olishi"ga to‘g‘ri keladi.
"Mana bu yilgi saylov byulletenida nima ahvol. Bu nafaqat mening va Donald Trampning nomi. Bu bizning kelajagimiz. Bizning xavfsizligimiz. Bizning qadriyatlarimiz", - deya ta'kidladi Klinton.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026