Jamiyat | 20:37 / 05.11.2016
5120
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada 29 ta mashina to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: romanialibera.ro

Ruminiyada yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi. Buxarest-Konstansa avtomobil yo‘lida, Lexliu aholi punkti yaqinida 29 ta mashina, jumladan ikkita mikroavtobus va bir yuk mashinasi to‘qnashdi. 

Hammasi bo‘lib YTHga 60 kishi tushgan. Ulardan 40 dan ko‘prog‘i jarohat olib, shifoxonaga yetkazilganlar. Voqea joyida 100 dan ko‘proq qutqaruvchi ish olib borgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga ob-havo sharoitlariga (quyuq tuman) mos kelmagan tezlikda harakatlanish sabab bo‘lgan. Tergovchilar yo‘lda bir-biridan 3-4 metr uzoqlikda ikkita turli to‘qnashuv yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.  

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, avtoturargohdan yo‘lga ehtiyotsizlik bilan chiqqan va bir qator to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan haydovchi YTHning birlamchi sababchisi bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid