21:29 / 08.11.2016
11678

Kechki dayjest: 8 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 8 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

UzInfocom markaziga yangi rahbar tayinlandi


Foto: UzInfocom

Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidagi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markaziga (UzInfocom) Husan Isayev rahbar etib tayinlandi.

>>> Batafsil.

Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi


Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

>>>  Batafsil.

Yaponiyaning Fukuoka shahridagi yo‘l o‘pirilib tushdi

Yaponiyaning Fukuoka shahridagi «Xakata» temiryo‘l bekati yaqinidan o‘tgan yo‘lning 14 metrlik qismi o‘pirildi va ulkan o‘ra hosil bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Amerikada yangi prezident saylovi boshlandi


Foto: © AP

8 noyabr, seshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Amerikaliklar mamlakatning yangi prezidenti, vitse-prezidenti hamda AQSh Kongressi Vakillar palatasining to‘liq tarkibini va Senatning uchdan birini, 12 shtat gubernatori va qator shahar merlarini saylab olishlari kerak.

>>>  Batafsil.

Dubayda mintaqadagi eng yirik yopiq stadion barpo etiladi


Foto: The National

Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahri markazida mintaqadagi eng yirik ko‘p funksiyali sport maydoni quriladi.

>>> Batafsil.

Tramp o‘zining so‘nggi mitingida barchani yanchib tashlashga va'da berdi


Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasining so‘nggi kunida beshta shtatga tashrif buyurdi va o‘z raqobatchisi, Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonga qaqshatgich zarba berib, uni yanchib tashlashini ma'lum qildi.  

>>> Batafsil.

Poroshenko Saakashvilining iste'fosiga munosabatini bildirdi


Foto: © RIA Novosti

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning hisoblashicha, Odessa viloyati ma'muriyati rahbari Mixail Saakashvili iste'foga chiqish orqali mamlakatni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi.

>>>  Batafsil.

Turkish Airlines xalqaro reyslarni bekor qilmoqda


Foto: salamnews.org

Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Turkish Airlines mijozlar kamaygani sababli 17 ta xalqaro reysni bekor qilishga qaror qildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi

O‘zbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yashil yo‘lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kerak.

>>> Batafsil.

Moskvada yog‘ingarchilik bo‘yicha bir asrlik rekord yangilandi


Foto: TACC

Moskva shahrida bir sutka mobaynidagi yog‘ingarchilik hajmi bo‘yicha 1910 yilda qayd etilgan natija yangilandi.

>>> Batafsil.

AQShning eng mashhur 10 prezidenti haqida nimalarni bilasiz?


FOTO STATE-USA.RU

Bugun, 8 noyabr, AQShda 45-Amerika prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Nur.kz nashri Amerika rahbarlari orasida eng yorqin va mashhur siymolarni yodga oldi.

>>> Batafsil.

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p kiriluvchi 15 sayt nomi ma'lum qilindi


Foto: LinkedIn

Alexa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tahlil kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ekspertlari sutkalik o‘rtacha auditoriya hamda sahifalarning so‘nggi uch oydagi ko‘rilishidan kelib chiqib, saytlarni baholaydi.

>>>  Batafsil.

«Inter» Piolini yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi

«Inter» Stefano Pioli jamoa bosh murabbiyligiga tayinlangani haqida rasman ma'lum qildi.

>>>  Batafsil.

Janubiy koreyaliklarning yetakchi hujumchisi O‘zbekistonni osonlik bilan yengish mumkinligini aytdi

Bugun Janubiy Koreya terma jamoasi mashg‘ulotlarga kirishdi. Mashg‘ulotlar yakuniga yetgach, koreys OAV vakillari jamoaning yetakchi futbolchisi hisoblangan Son Xeung Minning fikrlariga qiziqdi.

>>> Batafsil.

Internetda meksikalik futbolchi o‘yin hakamini o‘ldirishi tasvirlangan video tarqaldi

Internetda Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor jamoalar o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida o‘yin hakami Viktor Trexoning futbolchilar tomonidan o‘ldirilishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Top