8 noyabr, seşanba kuni Amerika Qöşma Ştatlarida umummilliy saylovlar bölib ötadi. Amerikaliklar mamlakatning yangi prezidenti, vitse-prezidenti hamda AQŞ Kongressi Vakillar palatasining töliq tarkibini va Senatning uçdan birini, 12 ştat gubernatori va qator şahar merlarini saylab olişlari kerak.
Aytiş joizki, bu yilgi saylovlar Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton va Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp örtasidagi bölib ötgan "iflos" raqobat bilan yodda qoladigan böldi. Ijtimoiy sörovlarga köra, amerikaliklarning aksariyati Klinton tomonga köproq yon bosmoqda. Agar u ğalaba qozongudek bölsa, AQŞ tarixida ilk marotaba ayol siyosatçi davlat rahbari böladi. Biroq, milliarder Tramp uni doğda qoldiriş imkoniyatiga ega.
1960 yilda paydo bölgan an'anaga köra, birinçi bölib Nyu Hempşir ştati şimolidagi Diksvill-Notç aholi punkti saylovçilari ovoz berişadi. Kanadadan 30 km uzoqlikdagi qörğonça aholisi roppa rosa yarim tunda (Toşkent vaqti bilan 10:00) mahalliy Balsams mehmonxonasida töplanişadi va oradan bir daqiqa ötgaç, ovoz beriş jarayoni yakunlanadi.
TASS muxbirining ma'lum qilişiça, mahalliy vaqt bilan tonggi 05:45da (Toşkent vaqti bilan soat 15-45) Atlantika okeani sohillaridagi mitti qörğonlarda ovoz beriş jarayoni boşlanadi. AQŞning materik qismidagi eng sönggi byulleten Alyaskaning Ad'yak qörğonida mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toşkent vaqti bilan 9 noyabr soat 10:00) qutiga taşlanadi.
50 ştat va Kolumbiya federal okrugidagi ovoz byulletenlariga Hillari Klinton, Donald Tramp va Libertarian partiyasi nomzodi Geri Jonson ismi-şarifi kiritilgan. U ikki marotaba Nyu-Meksiko ştati gubernatorligiga saylangan. "Yaşillar" nomzodi Jill Steyn esa 45ta ştatdagi byulletenlarga kiritilgan.
Oxirgi marta ötkazilgan umummilliy ijtimoiy sörovlarga köra, Klintonni saylovçilarning 45-47 foizi, Trampni 41-43 foizi qöllab-quvvatlamoqda. Jonsonga 5-6 foiz, Steynga 2 foizga yaqin saylovçilar ovoz berişi mumkin. Bloomberg axborot xizmati tahliliga köra, autsayder nomzodlar Nyu-Meksiko va Vaşington kabi ştatlarda Klintonni ovozlardan mahrum etişi mumkin. Tramp esa, ular tufayli Arizona, Montana va Kolorado ştatlarida yetarli ovoz töplay olmasligi ehtimol. Bu holat albatta, ikki yetakçi nomzod natijalariga salbiy ta'sir etmay qolmaydi.
Bu safargi saylovlarda, AQŞ tarixida ilk marta 200 mlndan ortiq saylovçi öz huquqidan foydalanadi, deb yozmoqda Politico naşri. Sönggi 8 yil mobaynida ularning soni 50 mlnga köpaygan. Şu bilan birga, ularning sezilarli qismi saylov kunigaça özlarining siyosiy qaraşini izhor qilişga ulgurgan. US Elections Project tadqiqot xizmatiga köra, muddatidan avval ovoz beriş huquqidan 41,1 mlnsaylovçi foydalangan. Ulardan eng köpi Florida (6 mlndan ortiq), Texas (4,4 mln) va Kaliforniya ştatlarida (4,1 mln) qayd etilgan. Ammo, ularning ovozlari saylov kuni hisobga olinadi.












