AQŞning eng maşhur 10 prezidenti haqida nimalarni bilasiz?
|20:08 / 08.11.201680 0498 min
Bugun, 8 noyabr, AQŞda 45-Amerika prezidenti saylovlari bölib ötmoqda. Nur.kz naşri Amerika rahbarlari orasida eng yorqin va maşhur siymolarni yodga oldi. Şunça yillar va hattoki asrlar ötişiga qaramay, bu taniqli şaxslar nimasi bilan tarixda qoldi?
Jorj Vaşington, AQŞning birinçi prezidenti (1789 - 1797)
FOTO STATE-USA.RU
Vaşington 1789 yilda uşbu lavozimni egallagan. U saylovçilarning 100 foiz ovozini töplaşga muvaffaq bölgan yagona prezidentdir. AQŞda uni "yurt otasi" deyişadi. Vaşington Amerika davlati va prezidentlar institutiga ilk poydevorlarni qöygan hamda ularning keyingi taraqqiyotini belgilab bergan. Vaşington tomonidan bunyod etilgan mamlakat poytaxti bekorga uning nomi bilan yuritilmaydi. Bundan taşqari, ştat, köl, orol, toğ, köplab aholi punktlari, kollej va institutlar, köçalar va maydonlarga uning nomi berilgan, uning surati esa dollar kupyurasini bezab turadi.
Endryu Jyekson, AQŞning yettinçi prezidenti (1829 - 1837)
FOTO MIXSTUFF
AQŞning demokratik partiyadan saylangan ilk prezidenti. U "Hindularni köçiriş töğrisida"gi qonunni imzolab, ularni yoqtirmasligi bilan tanilgan. Hindularning aksariyati yangi joylarda yegulik yetişmovçiligi tufayli hayotdan köz yumgan. Jyeksonning surati 20 dollarlikda aks ettirilgan.
Jyekson 100dan ortiq duellarda iştirok etgan, ularning aksariyati turmuş örtoği Reyçelning şa'nini himoya qilişga qaratilgan bölgan.
Avraam Linkoln, AQŞning ön oltinçi prezidenti (1861 - 1865)
FOTO MIXMOVIE.RU
Respublikaçilar partiyasining ilk prezidenti. U qullarni ozod qilganligi hamda Amerika milliy qahramoni bölganligi bilan tanilgan. Uning boşqaruvi davrida transkontitental temir yöl qurilgan. U ittifoqdoşlarini ilhomlantirişning uddasidan çiquvçi bebaho notiq hisoblangan. Linkoln qat'iy axloqiy tamoyillarga asoslangan, şu bilan birga öz örnida hazil qilişni ham bilgan.
Mavzuga oid
1865 yilning 14 aprelida teatrda Linkolnning joniga qasd qilingan va u suiqasd uyuştirilgan birinçi prezident bölgan. Şundan söng amerikaliklar qullarni ozod qilgan buyuk inson şarafiga ulkan haykal barpo qilişgan. Linkoln bugungi kunga qadar amerikaliklarning eng sevimli prezidentlaridan biri hisoblanadi.
Linkolnning şarafiga köplab haykallar bunyod etilgan, şahar, köçalar, universitet, turli markazlar, nufuzli avtomobillar markasi, aviataşuvçi - bularning barçasi Linkoln nomi bilan yuritiladi. Şuningdek 5 dollarlik kupyurada uning surati muhrlangan.
Tomas Vudro Vilson, AQŞning yigirma sakkizinçi prezidenti (1913 - 1921)
FOTO FB.RU
U bugungi kunga qadar mamlakatdagi monopoliyaga qarşi faoliyatni nazorat qiluvçi AQŞ Federal rezerv qonunini qabul qilganligi bilan tarixda qolgan. Amerika Birinçi jahon uruşiga qöşilganidan keyin esa Vilson "Yevropada tinçlik örnatganligi uçun" Nobel mukofotini olgan.
Ikkinçi prezidentlik muddati oxirida prezident falaj kasalligiga yöliqadi va mamlakatdagi barça muhim qarorlarni birinçi raqamli xonim hamda Ştatlar rahbarining maslahatçilari qabul qilişadi.
Vilsonning suratini mamlakatdagi eng yirik - 100 ming dollarlik kupyurada köriş mumkin.
Franklin Ruzvelt, AQŞning öttiz ikkinçi prezidenti (1933—1945)
FOTO POLITPUZZLE.RU
Ruzvelt - AQŞning ikki muddatdan ortiq vaqtga saylangan yagona prezidenti.
Öz prezidentligining ilk yuz kunida prezident Ruzvelt bir qator muhim islohotlarni qabul qilgan - bank tizimini tiklagan va oç-nahor hamda işsizlarga yordam körsatiş böyiça Federal favqulodda ma'muriyat tuziş töğrisidagi qonunni imzolagan.
U mamlakatni global iqtisodiy inqiroz va Ikkinçi jahon uruşi davrida boşqargan.
Garri Trumen, AQŞning öttiz uçinçi prezidenti (1945—1953)
FOTO THEDAILYBEAST.COM
AQŞ va sobiq SSSR örtasidagi "sovuq uruş" aynan Trumen nomi bilan boğlanadi - u Sovet Ittifoqiga qarşi bölgan va Amerikaning butun dunyoda yakkahokim bölişi ğoyasini ilgari surgan. Uning boşqaruvi davrida, 1949 yilda AQŞ taşabbusi bilan NATO tuzilgan.
Trumen şuningdek Germaniyaning SSSRga hujumidan keyin aytilgan gapi bilan ham tanilgan.
"Agar Germaniya ğolib bölganini körsak, Rossiyaga yordam berişimiz kerak, agar Rossiya ğalaba qozonsa, u holda biz Germaniyaga kömak beramiz. Imkon qadar köproq bir-birlarini öldiraverişsin, biroq men Gitlerni ham aslo ğoliblar safida körgim yöq", - degan öşanda 33-prezident.
Riçard Nikson, AQŞning öttiz yettinçi prezidenti (1969 - 1974)
FOTO KP.RU
U AQŞning prezidentlik muddati tugagunga qadar iste'foga çiqqan ilk va yagona prezident hisoblanadi. U maşhur "Uotergeyt mojarosi"da ayblanişdan qörqib, ana şunday yöl tutgan.
Niksonning boşqaruvi davrida amerikalik astronavtlar Oyga qönişga muvaffaq bölişgan. Bu prezident - AQŞning 50 ştatida bölişga muvaffaq bölgan birinçi davlat rahbari. Şuningdek u Xitoyga taşrif buyurgan ilk AQŞ prezidenti hisoblanadi. AQŞ va XXR munosabatlari aynan şu davrda taraqqiy etgan.
Jon Kennedi, AQŞning öttiz beşinçi prezidenti (1961—1963)
FOTO ASSASSIN'S CREED WIKI
Jon Kennedi nomi bugungi kunda köproq uning sirli ölimi bilan boğlanadi. Uning ölimiga doir hali-hanuz taxminlar bildiriladi.
Kennedi AQŞ tarixidagi eng yoş prezident bölib qoldi. U Linkoln modeliga rioya qilib, qora tanlilarning teng huquqli bölişlariga harakat qilgan. Bundan taşqari, Kennedi AQŞ va SSSR munosabatlarining yaxşilanişi tarafdori bölgan.
Öz maoşidan tuşgan barça pul vositalarini xayriya işlariga sarflagan.
Bugungi kunda aeroportlar va aviataşuvçilar Jon Kennedi nomi bilan yuritiladi, şuningdek uning portreti aks ettirilgan xotira tangalari, markalar çiqarilgan. Hattoki kompyuter öyinlari va multfilmlarda ham uning obrazini uçratiş mumkin.
Tönğiç Jorj Buş, AQŞning qirq birinçi prezidenti (1989—1993)
FOTO RAWSTORY.COM
Jorj Gerbert Uoker Buş butun dunyoda katta özgarişlar (Berlin devorining qulaşi, SSSRning tarqalişi va boşqalar) yuz berayotgan bir davrda öz lavozimiga ötirganligi bilan yodda qolgan.
Tönğiç Jorj Buş özining 90 yoşli yubileyini paraşyutdan sakrab nişonlagan.
Bill Klinton, AQŞning qirq ikkinçi prezidenti (1993-2001)
FOTO CELEBRITYDRESSES.BIZ
Bill Klinton prezidentligi davrida Amerikaning taşqi qarzlari va işsizlik körsatkiçlarini ança pasaydi, şuningdek mamlakat yuksak texnologiyalar sohasida yetakçilikni qölga oldi. Aynan Klintonning ma'muriyati butun dunyoda yadroviy qurolning bekor qilinişiga erişgan.
U saksofonni yaxşi çalişi bilan ham el oğziga tuşgan. AQŞning barça prezidentlari orasidan eng köp xorijga - safar qilgan rahbar hisoblanadi - u 133 mamlakatda bölgan.
Biroq Klintonning Monika Levinski bilan aloqasi AQŞda keng ovoza bölib, uning nufuziga putur yetkazgan.