Özbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yaşil yölak” tizimi taşkil qiliş borasidagi şartnomalarni imzolaşi kerak. Bu haqda bugun Toşkentda bölib ötayotgan meva-sabzavot yarmarkasi davomida boş vazir örinbosari Uluğbek Röziqulov ma'lum qilgan.
Sputnik agentligi xabariga köra, uşbu taşabbus Özbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona va fitosanitar nazoratdan ötkaziş jarayonini osonlaştirişi va tezlaştirişi közda tutilgan.
“Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan hamkorlikda biz “yaşil yölak” loyihasini amalga oşirmoqdamiz. Uşbu tizim Özbekistonda yetiştirilayotgan höl va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaning turli hududlaridagi xaridorlarga yetkazib beriş jarayonini tezlaştirib mahsulot hajmini oşirişi kerak”, — degan Röziqulov.
Uning sözlariga köra, noyabr oyining oxiriga qadar uşbu loyiha borasida kerakli hujjatlar imzolanişi kerak. Rossiya bozorida Özbekistonning asosiy hamkorlari sifatida "Sibirskiy alyans", "Magnit", "Perekrestok", "Agrolayn" va X5 Retail Group korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
“Oxirgi yillarda Özbekistondan Rossiya va qöşni mamlakatlarga töğridan-töğri yetkazib berilayotgan meva-sabzavotlar hajmi 3 baravar oşdi. Taqqoslaş uçun, Janubiy Koreyaga – 5 baravar, BAAga – 1,8 baravar, Germaniyaga – 1,6 baravar.
Yil yakunlariga köra Özbekistondan meva-sabzavot eksporti hajmi 1,4 baravar oşişi kutilmoqda”, — dedi boş vazir örinbosari.
Röziqulovning aytişiça, 2016 yilning 10 oyi davomida Özbekiston 700 ming tonna qişloq xöjalik mahsulotlari eksport qildi. Yil oxiriga qadar uşbu körsatkiç 1 million tonnaga yetkazilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2016 yilning 9 oyida Özbekistonda 2,3 million tonna kartoşka, 8,2 million tonna boşqa sabzavotlar, 1,5 million tonna poliz mahsulotlari, 1,2 million tonnadan ortiq uzum va 2 million tonnadan ortiq boşqa mevalar yetiştirildi.

















