Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 17 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 17 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Fitch O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdorini keltirdi
Foto: financeandcareer.com
Fitch Ratings reyting agentligi O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi 4ta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini «B» darajadan «B+» darajagacha ko‘tardi.
>>> Batafsil.
Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo‘ldi
Suratlar : Elmurod Ermatov
Afrikadan Janubiy Amerika tomon yayov sayohatini davom ettirayotgan amerikalik taniqli jurnalist va yozuvchi National Geographic jurnali muxbiri, ikki bora Pulittser mukofoti sohibi - Pol Salopek Andijonga yetib keldi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston terrorizm xavfi pastligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda
Foto: Guardian
London iqtisodiyot va tinchlik instituti 16 noyabr kuni Global Terrorism Index (GTI) nomi bilan terrorizm bilan bog‘liq global jarayonlar va ko‘rsatkichlar tahlilini e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Hillari Klinton mag‘lubiyatdan keyin nimalarni his qilgani haqida gapirib berdi
Foto: Reuters
AQSh prezidentligi saylovida Demokratlar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etib, respublikachilar nomzodi Donald Trampga yutqazgan Hillari Klinton jurnalistlar qarshisida chiqish qildi.
>>> Batafsil.
Eron prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Foto: Reuters
Eron prezidenti Xasan Ruhoniy kelayotgan haftada rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi.
>>> Batafsil.
Video: Xudkush terrorchi minib kelayotgan avtomobil masofadan turib yo‘q qilindi

Frantsuz maxsus topshiriqli harbiylari o‘zlari tomon yurib kelayotgan, ichiga portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobilni masofadan turib portlatishdi.
>>> Batafsil.
Sargsyan Rossiya «Iskander»larining Armanistonda joylashtirilishiga izoh berdi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning izoh berishicha, Rossiyaning «Iskander» raketa majmualarini respublika hududida joylashtirish majburiy choradir.
>>> Batafsil.
AQSh harbiylari IShIDga qarshi kurashda Turkiyaga yordam berishni to‘xtatdi
Foto: Reuters
Amerikalik harbiylar IShIDga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlar olib borayotgan Turkiyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Defense News nashri xabar tarqatishicha, amerikaliklar NATOda ekstremistik guruhga qarshi kurash bo‘yicha yakdil fikr mavjud emas deb hisoblamoqda.
>>> Batafsil.
Hindistonda valyuta ayirboshlash 30 dollar bilan cheklab qo‘yildi
Foto: © EPA
Hindiston hukumati yirik banknotalarni muomaladan chiqarib tashlash haqidagi qaroridan keyin valyuta ayirboshlash qoidalarini kuchaytirdi.
>>> Batafsil.
Dubayda farzandlaridan ajratilib, boshpanasiz qolgan ayol qissasi
Foto: XPRESS
Taqdir Zaynab Favadni shafqatsiz sinovlarga duchor qildi. Kamsitilgan, 4 yoshli egizak farzandlaridan ajratilgan, panjara ortida o‘tirib chiqqan, boshpanasiz qolgan 44 yoshli hind ayoli hozir juda qiyin ahvolda qolgan.
>>> Batafsil.
«King Kong» haqidagi yangi filmning ilk treyleri chiqdi

Internetda «Kong: bosh chanoqlar oroli» blokbasterining to‘liq rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. Kartinada King-Kong afsonasiga yana bir bor murojaat qilingan bo‘lib, «Godzilla» filmi prodyuserlari ishtirokida suratga olingan.
>>> Batafsil.
Los Anjyelos saloni: Bu avtomobillar birinchi marta namoyish qilinmoqda

AQShning Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tayotgan avtoshouda yilning eng zamonaviy, so‘nggi texnologiyalar bilan xihozlangan avtomobillarini uchratish mumkin.
>>> Batafsil.
«Lokomotiv» Oliy Ligada muddatidan oldin chempion bo‘ldi
Foto: O‘zPFL
Toshkent shahrining «Lokomotiv» jamoasi Oliy Liganing 29-turidagi uchrashuvini o‘tkazishidan oldinoq mavsum chempioni bo‘lishi oydinlashdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020