Toşkent şahrining «Lokomotiv» jamoasi Oliy Liganing 29-turidagi uçraşuvini ötkazişidan oldinoq mavsum çempioni bölişi oydinlaşdi.
Temiryölçilar jamoasini ikkinçi örinda ta'qib etib kelayotgan «Bunyodkor» jamoasi «Navbahor» bilan uçraşuvda durang öynab qöygaç, oçkolari soni 63tani taşkil qilmoqda va endi qolgan uçraşuvlarda qanday natijalar qayd etilişidan qat'i nazar 68ta oçkosi bor «Lokomotiv»ga yeta olmaydi.
Şu tariqa, «Lokomotiv» öz tarixidagi ilk çempionlikni muddatidan oldin rasmiylaştirdi.
«Temiryölçilar» 29-tur uçraşuvini ertaga «Metallurg»ga qarşi ötkazişadi. TTZdagi «Lokomotiv» stadionida bölib ötadigan bahs 14:00da start oladi.
Uçinçi örinda esa hozirda Qarşining «Nasaf» jamoasi joylaşgan (57 oçko).
Bugungaça bronza medallar uçun kuraş olib borgan «Buxoro» jamoasi 29-turda Qaşqadaryoning «Maş'al» jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi va 55 oçko bilan törtinçi örinda qoldi.
Hali 29-tur uçraşuvini ötkazmagan «Paxtakor» 48 oçko bilan beşinçi örinda joylaşgan.
Ma'lumot uçun, bu Özbekiston çempionati tarixidagi yettinçi çempion jamoadir. Endilikda, «Paxtakor», «Neftçi», «Navbahor», «Döstlik», MHSK va «Bunyodkor» jamoalari qatoriga «Lokomotiv» ham qöşildi.













